Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan “Samarqand viloyatidagi 11 ta tuman (shahar) hokimliklarining qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlari “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid ekanligi aniqlandi” maqolasi yuzasidan quyidagilarni raddiya sifatida keltirib o‘tamiz.
Avvalo shuni ta’kidlab o‘tmoqchimizki, haqiqatdan ham Samarqand viloyatidagi 11 ta tuman (shahar) hokimliklarida raqobatga zid holatlar aniqlangan. Lekin ular «.. normativ-huquqiy hujjatlarda… » emas, «… tuman (shahar) hokimliklarining qabul qilgan normativ ahamiyatga ega bo‘lmagan hujjatlarida… » deb o‘qish maqsadga muvofiqligi yuzasidan raddiya beramiz.
Ushbu kamchilikka yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan ogohlantirish va tegishli tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
Shu bilan birgalikda, Raqobat qo‘mitasi mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan normativ-huquqiy hujjatlarni yoki normativ ahamiyatga ega bo‘lmagan boshqa hujjatlarni “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun normalariga qat’iy amal qilgan holda qabul qilishlari va amaliyotga joriy etishlarini so‘rab qoladi.