Korrupsiyaga qarshi kurashish – har birimizning fuqarolik burchimiz!
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tizimida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar hamda ularga sharoit yaratayotgan omillarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish maqsadida maxsus aloqa kanallari faoliyat yuritmoqda.
‼️ Agar Siz korrupsiyaviy holatlar, manfaatlar to‘qnashuvi, xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish yoki boshqa huquqbuzarliklar haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, quyidagi aloqa vositalari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
☎️ Ishonch telefoni: 71-207-49-00 Elektron pochta: anticorruption@antimon.gov.uz Telegram-bot: @ACRUanticor_bot Murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Korrupsiyaga oid ma’lumotlarni anonim tarzda ham taqdim etish imkoniyati mavjud. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati va fuqarolarning faol ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Sizning befarq bo‘lmagan munosabatingiz huquqbuzarliklarning oldini olish va davlat organlari faoliyatida ochiqlik hamda shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat – adolatli va samarali davlat boshqaruvining muhim kafolatidir.








