Raqobat qo‘mitasi tomonidan 8 ta respublika va hududiy ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga narxlarni maqbullashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2026-yil aprel oyidan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar narxlarining adolatli shakllantirilganligini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning may oyiga qadar 8 ta respublika va hududiy ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida, jumladan:
⏺️ Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
⏺️ Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
⏺️ Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
⏺️ Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
⏺️ Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
⏺️ Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
⏺️ Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
⏺️ Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida o‘rganishlar o‘tkazildi.
Dastlabki natijalarga ko‘ra, ayrim holatlarda tariflarni shakllantirish bo‘yicha belgilangan talablarga to‘liq rioya etilmagani aniqlandi.
Shu munosabat bilan o‘rganish o‘tkazilgan markazlarga tariflarni amaldagi tartib va talablar asosida qayta shakllantirish hamda narxlarni maqbullashtirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, o‘rganishlar yakuni bo‘yicha tibbiy xizmatlar tariflarini maqbullashtirishga qaratilgan umumlashtirilgan takliflar ishlab chiqilib, vakolatli davlat organlariga yuboriladi.








