O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi qonuni iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va adolatli ishbilarmonlik muhitini yaratish uchun muhim ahamiyatga ega.
Quyida ushbu qonunning bir necha muhim jihatlari keltirilgan.
Raqobat sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
insofli raqobat; qonuniylik; iste’molchilar huquqlari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; shaffoflik; tenglik. (5-modda)
Raqobat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari:
iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligini inobatga olgan holda raqobatni himoya qilish; jamiyatda raqobatga qarshi har qanday xatti-harakatlarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish; raqobat muhitini rivojlantirish va shakllantirish; tovar va moliya bozorlari ishtirokchilarining iqtisodiy faoliyati erkinligini hamda tovarlarning erkin harakatlanishini ta’minlash; bozor ishtirokchilari uchun teng shart-sharoitlarni belgilash hamda davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish; raqobat muhitini yaxshilash va rivojlantirish uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining javobgarligini oshirish. (6-modda)
Ushbu qonun jihatlarini bilish sizga nafaqat o‘z huquqlaringizni himoya qilishga yordam beradi, balki qonunchilikka muvofiq ravishda biznesni rivojlantirishga undaydi!
Qonunning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi qonuni.