Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida Yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ijrosiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi qoshidagi Raqamli transformatsiya markazi, “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ, “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ, “XT-Xarid Texnologiyalari” MChJ kabi sohaga doir vakolatli organlarning ma’sul mutaxassislari bilan Qonunning 29-moddasida belgilangan masalalar yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi.