Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab talimi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan talim muassasalari agentligi tizimidagi Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tomonidan amalga oshirgan davlat xaridlarida O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi va“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlarida belgilangan talablarga rioya qilinganligi holati o‘rganish ishlari olib borildi.
Jumladan, Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tomonidan o‘tkazilgan umumiy boshlang‘ich summasi 270 mln so‘mlik bo‘lgan tegishli platformalar orqali amalga oshirilgan tender (tanlov) savdosi o‘rganildi.
Mazkur tender savdosini o‘rganish davomida buyurtmachi (Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabi) tomonidan etender.uzex.uz ахbоrоt portalida bo‘yicha tanlash hujjatlarida takliflarini baholash mezonlari joylshtirilmagani va хаrid komissiyasi tomonidan ishtirokchilarning takliflarini texnik qismi baholash mezonlarisiz baholanganlik holatlari aniqlandi.
Bu bilan Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29–moddasi 2-qism ikkinchi (savdolar o‘tkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buzish) xatboshisida ko‘rsatilgan talablarning buzilishiga hamda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunining 20, 32 va 59-moddalarida ko‘rsatilgan talablarning buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi qayd etildi.
O‘rganish natijalari ko‘ra, buyurtmachiga (Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabi) hududiy boshqarma tomonidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, maxsus komissiyaning qonun buzilishini to‘xtatish, bartaraf etish va kelgusida bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilib, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga tegishlicha choralar ko‘rildi.