Joriy yilning 21-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan Qo‘mita markaziy apparati va tizim tashkilotlari xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
Seminar davomida mazkur Qonunning mazmun-mohiyati, unda keltirilgan davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi, manfaatlar to‘qnashuvi, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha maxsus bo‘linma, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlar tushunchalari hamda manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, tartibga solish, manfaatlar to‘qnashuvining oqibatlari va ushbu qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.