O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida «Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun» shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Qo‘mita raisi Sh.Sharaxmetov so‘zga chiqib, barcha xodimlarni bayram bilan samimiy tabriklab, ezgu tilaklar bildirdi.
Shundan so‘ng sohada o‘ziga yuklatilgan vazifalarni a’lo darajada masʼuliyat bilan bajarib, faoliyatida yuqori samaradorlikka erishayotgan bir guruh faol xodimlar Qo‘mita rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.