O‘zbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan hududlarda targ’ibot tadbirlari davom etmoqda.
Navbatdagi tadbir Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazildi.
Tadbirda aholining isteʼmol madaniyati va huquqiy savodxonligi, tizimda olib borilayotgan ishlar hamda savdo, ishlab chiqarish, ish va xizmat ko‘rsatishning barcha yo‘nalishlarida isteʼmolchilarning huquq va manfaatlari ustuvorligini taʼminlashda Qo‘mita o‘z oldiga qo‘ygan rejalari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Hozirgi kunda aholining huquqiy bilimi va isteʼmol savodxonligini oshirishga qaratilgan bunday targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda!