O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 3-iyun kuni Anqara shahrida Turkiya Prezidentining lavozimga kirishishi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
Tashkilotchilar qayd etishicha, inauguratsiya marosimida dunyoning 70 dan ziyod mamlakatidan davlat va hukumat rahbarlari, rasmiy delegatsiyalar va oliy martabali mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.-