Joriy yil 21-iyun kuni Shveytsariyaning Jeneva shahrida O’zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lishi bo’yicha ishchi guruhning 5-yig’ilishi bo’lib o’tdi.
O’zbekiston delegasiyasi Jenevada AQSH, Yevropa ittifoqi, Kanada, Braziliya, SHveysariya, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Mo’g’uliston va boshqa JSTga a’zo yirik davlatlar – O’zbekistonning tashkilotga a’zo bo’lish bo’yicha ishchi guruhi a’zolari bilan tovar va xizmatlar bozoriga chiqish yuzasidan qator ikki tomonlama muzokaralar o’tkazdi.
O’zbekiston delegasiyasi vakillari qatorida Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi raisining o’rinbosari F.Karabaev ishtirok etdi. So’nggi yillarda O’zbekistonning tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini yanada yaxshilashga va tadbirkorlik subyektlari uchun yuqori darajali raqobatbardosh maydon yaratishga qaratilgan keng ko’lamli chora-tadbirlar hamda xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o’sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi islohotlar bo’yicha bayonot berdi.
Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi binosida bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (JST) qo’shilishi bo’yicha Ishchi guruhning 5-yig’ilishini yuqori darajada o’tkazish maqsadida tashkil etiladigan shtab faoliyatiga Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan jalb qilingan boshqarma boshlig’i Ulug’bek Fayazov, boshqarma boshlig’i o’rinbosari Baxodir YUsupjanov va mutaxassis Valentina Dubrovskaya ishtirok etdi.