Joriy yilning 27-may kuni mazkur loyiha doirasida Raqobat qo’mitasi rahabariyati boshchiligida Italiyalik ekspert Giorgio Magistrelli bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
G.Magistrelli iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda davlat va nodavlat idoralari faoliyati bilan tanishib, loyiha yuzasidan va o‘z tajribalari bo‘yicha Qo’mita mutaxassislari bilan suhbatlashdi.
Shuningdek, ekspert tomonidan xorijiy davlatlarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyoti, qonunchilik va tartibga solish tajribasi masalalari bo‘yicha Qo‘mita xodimlari uchun ilmiy markaz binosida seminar tashkil qilindi.