Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasiga G‘uzor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro N.A. Qarshi shahrida faoliyat olib boradigan “QASHQADARYO AVTOTEXXIZMAT” MChJdan norozi bo‘lib murojaat yo‘llagan.
Fuqaro N.A. 2022-yil 26-dekabrda “QASHQADARYO AVTOTEXXIZMAT” MChJ bilan TRACKER-2 TRK Premier rusumli avtomashinasini olish uchun shartnoma imzolagan. Shartnoma shartlariga asosan, avtomashina o‘z vaqtida yetkazilgan bo‘lsada, bir qancha texnik nosozliklar aniqlangan. Muammo bo‘yicha “QASHQADARYO AVTOTEXXIZMAT” MChJ xodimlariga murojaat qilinganda, avtomashinaning nosozliklari ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelganligini tasdiqlashgan bo‘lsada, avtomashinani yangisiga almashtirib berishmagan.
O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 19-22-moddalariga asosan, hududiy boshqarma mutaxassislari tomonidan murojaatchi N.Aga 2023-yil 1-avgust kuni 246 981 280 so‘mga TRACKER-2 TRK Premier rusumli boshqa yangi avtomashinaga almashtirilib berildi.