Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi raisi SH.SHaraxmetov mahallabay ishlash tizimi bo’yicha Namangan viloyatiga biriktirilgan muvofiqlashtiruvchi Respublika ishchi guruh a’zosi hisoblanadi.
Namangan viloyatiga Qo’mitadan doimiy faoliyat yurituvchi vakil, boshqarma boshlig’i Otabek Usmonov biriktirilgan. Viloyatda birinchi yarim yillik davomida ko’plab ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, Qo’mita va uning xududdagi doimiy vakillari ko’magida birinchi yarim yillik davomida 50 dan ortiq ijtimoiy loyihalar amalga oshirilib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga amaliy ko’mak ko’rsatildi. Viloyatning Namangan shahar, Davlatobod, To’raqo’rg’on va Kosonsoy tumanlarida ushbu tizim bo’yicha ishlar jadal suratlar bilan amalga oshirilmoqda.
Qo’mita raisi SH.SHaraxmetov “Asakabank” AJ boshqaruv raisi N.Saydullaev bilan birgalikda Namangan shahrida amalga oshirilgan ishlarni ko’zdan kechirdilar. Loyihalarni shahar hokimi G’.Jamolov tanishtirdi.Jumladan, Namangan shahar “Barkamol avlod” kichik sanoat zonasi faoliyati bilan tanishildi. Xududdagi jami 46 ta loyihadan hozirda 14 tasi dastlabki ishlab chiqarish faoliyatini boshlagan. Ushbu loyihalar qiymati 106,4 mlrd.so’m bo’lib, 2 425 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
O’rganishlar davomida hududda yangi faoliyatini boshlagan Yоdju (YEODJU) texnika institutining Namangan filiali bilan tanishildi. Hozirda institutda 10 ta yo’nalishda ta’lim beriladi.Bundan tashqari, shahar xududidagi Qozog’istonning “Turan International University” universiteti bilan hamkorlikda qo’shma institut tashkil etish loyihasi bilan tanishildi. Loyiha qiymati 30,0 mlrd.so’mni tashkil etadigan universitet 3000 nafar talabalarni qamrab olsa, 150 nafar fuqarolarni ish bilan ta’minlaydi.
SHuningdek, hududda faoliyat olib borayotgan Respublika ishchi guruh vakillari va hokim yordamchilari bilan suhbatlashib, ish faolyatini takomillashtirish bo’yicha amaliy tavsiyalar berildi.