Bugun Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan IV Aksilkorrupsiya forumi doirasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi katta e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Qo‘mita o‘z faoliyatining oshkoraligi va shaffofligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatgan samarali harakatlari uchun alohida taqdirlandi.
Ushbu mukofot Qo‘mita tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda va raqobatni rivojlantirishda olib borayotgan islohotlari e’tiborga molik ekanligini yana bir bor tasdiqladi.
Ma’lumot uchun: IV Toshkent Aksilkorrupsiya forumi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Yevropa Ittifoqi, Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) va BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.