Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2025 yil I-choragi davomida fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlar o‘rganilib, ijobiy yechim topmoqda.
Murojaatlar asosan dori vositalari, reklama, savdo, gaz ta’minoti, kommunal xizmatlar va elektr ta’minoti yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lgan.
Hududlar kesimida amalga oshirilgan ishlar:
🔹 Toshkent viloyati — “VisuCaps” dori vositasi ta’sirsizligi tufayli 680 000 so‘m iste’molchiga qaytarildi.
🔹 Samarqand viloyati — “HAMROH MIKROMOLIYA” MChJning noqonuniy tashqi reklamasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.
🔹 Namangan viloyati — “Zaytun turizm” va “Murabbiy travel” MChJlarning qonunga zid reklamalari uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llandi.
🔹 Jizzax viloyati — “The Jizzax Techno” MChJning ruxsatsiz reklama o‘rnatishi yuzasidan jarima belgilab berildi.
🔹 Qashqadaryo viloyati — 1300ga yaqin fuqaroning suyultirilgan gaz ta’minotiga oid murojaati asosida “Hududgaz Qashqadaryo” filialiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
🔹 Buxoro viloyati — nuqsonli planshet uchun iste’molchiga yangi mahsulot berildi.
Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va bozorda sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash borasida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.