Joriy yilning 26-mart kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Samarqand viloyati hududiy boshqarmasida jamoatchilik vakillari bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Unda Qo‘mita raisi maslahatchisi O.Usmanov, hududiy boshqarma rahbariyati M.Xamrayev va boshqa tegishli tashkilot vakillari hamda ommaviy axborot vositalari, blogerlar ishtirok etdi.
Tadbirda Qo‘mita ochiqligini ta’minlash yuzasidan e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ko‘lamini kengaytirish va dolzarbligini ta’minlash yuzasidan OAV vakillari va blogerlarning takliflari hamda O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi vakillarining hamkorlik qilishi bo’yicha tavsiyalari tinglandi.
Hududiy boshqarmaga murojaat qilgan fuqaro Sattarov Temur Naimjonovich foydasiga “SAM ROS STORY LUX” MCHJ tomonidan 254 825 000 so‘m pul mablag’lari sudning hal qiluv qarori bilan undirilishi ta’minlab berildi. Murojaatchi ijobiy yechim topgan masalasi uchun hududiy boshqarmaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Shuningdek, Yuldasheva Gulchexra Muratovna “LLP SCM GROUP” MCHJ tomonidan 10 mln soʻm qaytarib berishda amaliy yordam berganini ta’kidlab o‘tdi hamda Abduramanova Elmaz Serverovna “LLP SCM GROUP” MCHJdan “FIJI” vibromassajchisi uchun 21 million so‘mdan ortiq to‘lovi to‘liq qaytarib berilishida amaliy yordam bergan hududiy boshqarmaga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Ma’lumot o‘rnida. Qo‘mitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasiga 2023-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan ikki mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan.
Murojaatlarni o‘rganish davomida 10 mlrd so‘mdan ortiq mablag’lar fuqarolar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.