Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tovar, moliya va raqamli bozorlarning raqobatbardoshligini tahlil qilish;
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini o‘rganadi va xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhining ustun mavqeini aniqlaydi, shaxslar guruhi ishtirokchilarining tarkibini belgilash;
tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestri (keyingi o‘rinlarda – Davlat reyestri)ni shakllantirish va yuritish;
ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan to‘lganligi darajasini aniqlash;
Qo‘mitaning tarkibiy bo‘linmalari va uning hududiy idoralarini metodik ta’minlash, hamda Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha Qo‘mitaning hududiy organlari faoliyatini muvofiqlashtirish (koordinatsiyalash).
Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
mustaqil ravishda yoki Qo‘mitaning hududiy organlari, tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda tovar, moliya va raqamli bozorlar holatini tahlil va monitoring qiladi;
raqobatni rivojlantirish, shuningdek bozor munosabatlari va tovar, moliya va raqamli bozorlarning monopoliyaga qarshi tahlilini takomillashtirish bo‘yicha choralar to‘g‘risida takliflarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
tegishli bozorlarda munosabatlarni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
tovar, moliya va raqamli bozorlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi/ishlab chiqadi;
Qo‘mitaning Yuridik ta’minlash bo‘limi bilan birgalikda Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonunchilik va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari uchun xulosalarni tahlil qiladi va tayyorlaydi;
Bo‘lim vakolati doirasida, tovar, moliya va raqamli bozorlarda raqobatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi monopoliyaga qarshi kurash qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq Qo‘mitaga yuborilayotgan iltimosnomalar va bildirishnomalar uchun xulosalarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va tayyorlaydi;
Bo‘lim vakolati doirasida, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan individual tadbirkorlar, davlat hukumati va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, hamda Prokuratura organlarining ariza va materiallarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, prokuratura organlari, hamda boshqa qonunni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish uchun materiallar tayyorlaydi;
Bo‘lim vakolati doirasida raqobatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlari buzilishi to‘g‘risida ishlarni qo‘zg‘atishga materiallarni tayyorlaydi;
raqobatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar buzilishi to‘g‘risida ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi, hamda ijrosini nazorat qiladi;
raqobatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni buzganligi uchun fuqarolar, yuridik va mansabdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida hujjatlarni tayyorlaydi yoki tayyorlashda ishtirok etadi;
Qo‘mitaning Yuridik ta’minlash bo‘limi bilan birgalikda belgilangan tartibda sudlarda ishlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;
Moliya tashkilotlari tomonidan ustun mavqe holatini suiiste’mol qilishi faktlarini, ularning mos tovar bozorida raqobat muhiti holatiga ta’sir qilishi bo‘yicha baholaydi;
Qo‘mitaning Yuridik ta’minlash bo‘limi bilan birgalikda raqobatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qo‘llash masalalari bo‘yicha tushuntirishlarni tayyorlashda ishtirok etadi. Bo‘lim vakolati doirasida raqobatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyotini umumlashtiradi;
Bo‘lim vakolati doirasida Qo‘mita hududiy organlarining tashkilot davriy hisobotini qayta ishlaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Qo‘mita rahbarining topshirig‘iga binoan Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro loyihalar va dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Qo‘mita markaziy apparati tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida 20 ta tovar va xizmatlar bozorlari tahlil qilindi.
Shundan, 7 ta bozorda raqobat muhiti holati yuzasidan tahlil o‘tkazildi va 3 ta tovar bozori yetarli raqobat shakllanganligi va monopoliya sharoitidan chiqqanligi aniqlandi va 4 ta korxona tovar va xizmatlar bo‘yicha ustun mavqeini yo‘qotganligi e’tirof etildi.
Bundan tashqari 13 ta mahalliy mahsulot bilan to‘yinmagan bozorlar aniqlandi va ushbu tovarlar bo‘yicha ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi loyihalarni maxsus industrial zonalar hududida tashkil etish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar maxsus industrial zonalarning direksiyalariga va Investitsiya, savdo va sanoat vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritildi.
Shuningdek, tovar va ish xizmatlarning bozorlarda muqobillari mavjud yoki mavjud emasligi yuzasidan temir yo‘l infratuzulmalarida foydalaniladigan mahsulotlar, har xil turdagi podshipniklar, avtomobil ehtiyot qisimlari va FIDIC sertifikatini berish xizmatlarini Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritishni ko‘rib chiqish yuzasidan tahlil o‘tkazildi hamda natijalari yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga xulosalar taqdim etildi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda 104 ta monopollashgan bozorlar hamda tovar yoki moliya bozorida ustun mavqei e’tirof etilgan 90 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar mavjud bo‘lib, ularning 71 tasi (79 foiz) davlat ishtirokidagi korxonalar, 19 tasi esa (21 foiz) xususiy korxonalardir.