Tovar, moliya va raqamli bozorlarni tahlil qilish boshqarmasining asosiy vazifalari va funktsiyalari quyidagilardan iborat:

  • tovar, moliya va raqamli bozorlarda raqobat muhiti holatini, shu jumladan alohida olingan xo’jalik yurituvchi sub’ekt yoki shaxslar guruhi tomonidan ustun mavqeni egallash holatlarini tahlil qilish, monitoringini amalga oshirish
    va baholash;
  • respublika mintaqalarida, shu jumladan iqtisodiyot tarmoqlarida raqobatni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va  amalga oshirish;
  • tovar yoki moliya bozorlarida ustun mavqega ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar Davlat reestrini yuritish va shakllantirish;
  • tegishli tovar va moliya bozorlaridagi munosabatlarni tartiblashtiruvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko’rib chiqish;
  • sog’lom raqobat muhitini barpo etish, bozorning barcha sub’ektlari uchun teng sharoitlarni yaratish maqsadida, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish (xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav kapitalidagi (fondi) davlat ishtirokini qisqartirish) bo’yicha o’rganishlarni o’tkazish va tegishli takliflarni ishlab chiqish;
  • sog’lom raqobat muhiti va tadbirkorlik sub’ektlariga ko’rsatadigan ta’sirini o’rganish maqsadida, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga davlat tomonidan ko’rsatiladigan yordamlarni  ( soliq va bojxona imtiyozlari, preferentsiyalar,
    eksklyuziv huquqlar) o’rganish.

2020 yilning 1 yanvar holatiga tovar yoki moliya bozorlarida ustun mavqega ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar Davlat reestriga 101 ta xo’jalik yurituvchi sub’ekt 101 ta tovar (ish, xizmat)  bo’yicha kiritilgan.

O’tgan hisobot davrida Boshqarma tomonidan 30 dan ortiq tovar va moliya bozorlari o’rganildi, natijada 9 ta xo’jalik yurituvchi sub’ekt tovar yoki moliya bozorlarida ustun mavqega ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar Davlat reestriga  kiritildi.

Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

 

tovar, moliya va raqamli bozorlarning raqobatbardoshligini tahlil qilish;

tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini o‘rganadi va xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhining ustun mavqeini aniqlaydi, shaxslar guruhi ishtirokchilarining tarkibini belgilash;

tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestri (keyingi o‘rinlarda – Davlat reyestri)ni shakllantirish va yuritish;

ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan to‘lganligi darajasini aniqlash;

Qo‘mitaning tarkibiy bo‘linmalari va uning hududiy idoralarini metodik ta’minlash, hamda Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha Qo‘mitaning hududiy organlari faoliyatini muvofiqlashtirish (koordinatsiyalash).

Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

mustaqil ravishda yoki Qo‘mitaning hududiy organlari, tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda tovar, moliya va raqamli bozorlar holatini tahlil va monitoring qiladi;

raqobatni rivojlantirish, shuningdek bozor munosabatlari va tovar, moliya va raqamli bozorlarning monopoliyaga qarshi tahlilini takomillashtirish bo‘yicha choralar to‘g‘risida takliflarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

tegishli bozorlarda munosabatlarni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;

tovar, moliya va raqamli bozorlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi/ishlab chiqadi;

Qo‘mitaning Yuridik ta’minlash bo‘limi bilan birgalikda Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonunchilik va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari uchun xulosalarni tahlil qiladi va tayyorlaydi;

Bo‘lim vakolati doirasida, tovar, moliya va raqamli bozorlarda raqobatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi monopoliyaga qarshi kurash qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq Qo‘mitaga yuborilayotgan iltimosnomalar va bildirishnomalar uchun xulosalarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va tayyorlaydi;

Bo‘lim vakolati doirasida, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan individual tadbirkorlar, davlat hukumati va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, hamda Prokuratura organlarining ariza va materiallarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi;

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, prokuratura organlari, hamda boshqa qonunni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish uchun materiallar tayyorlaydi;

Bo‘lim vakolati doirasida raqobatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlari buzilishi to‘g‘risida ishlarni qo‘zg‘atishga materiallarni tayyorlaydi;

raqobatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar buzilishi to‘g‘risida ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi, hamda ijrosini nazorat qiladi;

raqobatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni buzganligi uchun fuqarolar, yuridik va mansabdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida hujjatlarni tayyorlaydi yoki tayyorlashda ishtirok etadi;

Qo‘mitaning Yuridik ta’minlash bo‘limi bilan birgalikda belgilangan tartibda sudlarda ishlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;

Moliya tashkilotlari tomonidan ustun mavqe holatini suiiste’mol qilishi faktlarini, ularning mos tovar bozorida raqobat muhiti holatiga ta’sir qilishi bo‘yicha baholaydi;

Qo‘mitaning Yuridik ta’minlash bo‘limi bilan birgalikda raqobatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qo‘llash masalalari bo‘yicha tushuntirishlarni tayyorlashda ishtirok etadi. Bo‘lim vakolati doirasida raqobatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyotini umumlashtiradi;

Bo‘lim vakolati doirasida Qo‘mita hududiy organlarining tashkilot davriy hisobotini qayta ishlaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;

Qo‘mita rahbarining topshirig‘iga binoan Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro loyihalar va dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

2023-yil I-yarim yillik holatiga Davlat reyestrida 85 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar 97 ta tovar (ish, xizmat) bo‘yicha qayd etilgan.

O‘tgan hisobot davrida Tovar, moliya va raqamli bozorlarni tahlil qilish va tartibga solish bo‘limi tomonidan 120 ta tovar va moliya bozorlari o‘rganildi, shundan 17 ta bozorda to‘liq hamda 103 tasida ekspress (ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan ushbu tovar bilan to‘yinganligi darajasi) tahlil ishlari olib borildi.

Tahlil natijalarida 3 ta korxona 2 ta tovar va xizmatlar bo‘yicha (“Toshelektroapparat” MChJ XK va “Elektron hisoblagich” MChJ QK elektron hisoblagich realizatsiya qilish bo‘yicha hamda “Angren Kaolin” MChJ boyitilgan kaolin realizatsiya qilish bo‘yicha) Davlat reyestriga kiritildi.

Shuningdek, 3 ta korxona 2 ta tovar va xizmatlar bo‘yicha (“ToshkentboshplanLITI” va “O‘zshaharsozlikLITI” DUKlar obyektlarni joylashtirish uchun yer uchastkalarini tanlash bo‘yicha kelishish xizmati bo‘yicha hamda “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ vagon tarozilarini o‘rnatish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha) Davlat reyestridan chiqarildi.