Bo‘limning vazifalari va funksiyalari

Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilishi, topshiriqlar va hujjatlarning ijrosini o‘z vaqtida ta’minlanishini nazorat va tahlil qilinishi, hujjatlarning harakati va hisobini yuritishning yagona tizimini joriy etilishini ta’minlash;

Qo‘mitaning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarida ijro intizomi va nazoratni tashkil etish bo‘yicha metodik boshqaruvni tashkil etish;

Qo‘mitaning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarida ijro intizomi holatini o‘rganish va muvofiqlashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur yordam ko‘rsatish va bu haqda markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari rahbarlarini xabardor qilish;

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, hujjatlar ijrosini nazorat va tahlil qilish, hujjatlarning harakati, hisobi va ro‘yxatga olish tizimini takomillashtirish masalalari bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish;

Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Qo‘mitaning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarida hujjatlar va topshiriqlarning ijrosini qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda o‘z vaqtida  bajarilishini muvofiqlashtirish;

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilishi bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini yuritish, ijro intizomining avtomatlashtirilgan nazorati dasturida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, topshiriqlar va hujjatlarni shakllantirish, ularning ijrosini kuzatib borish va ijro intizomining natijalarini umumlashtirishni ta’minlash;

Ijro intizomining joriy (kunlik), oylik, choraklik tahlilini rahbariyatga taqdim etadi va tahlil natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni Qo‘mita Hay’ati yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi;

hujjatlar va topshiriqlarning harakati va hisobini yuritish, hujjatlarni yangi axborot texnologiyalari asosida nazorat va tahlil qilishning yagona tizimini takomillashtirish, shuningdek, nazorat sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va rahbariyatga kiritish;

Qo‘mitaning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlari va Prezident Administratsiyasi topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi Rayosatining qarorlari va topshiriqlari shuningdek, Qo‘mita Hay’ati va rahbariyati topshiriqlarining ijrosini sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish;

Ijro intizomining haftalik ogohlantiruvchi nazoratini tashkil etish, hujjatlarni shakllantirish, markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari rahbarlariga belgilangan muddatda bajarilishi shart bo‘lgan hujjat va vazifalar to‘g‘risida jadval-eslatma ko‘rinishidagi ma’lumotlarni qog‘oz va elektron shaklda taqdim etadi;

mas’ul ijrochilar tomonidan nazorat hujjatlari va topshiriqlar bajarilishi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga ma’lumotlar va tasdiqlovchi hujjatlarning o‘z vaqtida kiritilishini muntazam nazorat va tahlil qilib borish;

Har chorak yakunlari bo‘yicha hay’at yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish va muhokama qilish uchun o‘tgan chorak yakunlari bo‘yicha ijro intizomining holati to‘g‘risidagi ijrochilar kesimidagi ma’lumotlarni tayyorlash va ularning mas’uliyatini oshirish uchun intizomiy choralar ko‘rish va tegishli qarorlar qabul qilish uchun rahbariyatga taqdim etish;

Qo‘mitaning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari tomonidan topshiriqlarning ijrosi ta’minlanganligi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar asosida hujjatlarni nazoratdan olish;

Qo‘mitaning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarida ijro intizomi va nazoratni tashkil etish holatini rahbariyat tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan tizimli ravishda o‘rganib borish, o‘rganish natijalariga asosan ro‘yxatga olishning yagona tizimini takomillashtirish, hisobga olish, harakati, tahlili va nazoratini takomillashtirish bo‘yicha  metodologik va amaliy yordam ko‘rsatish.

Markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarida ijro intizomi holati bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari bo‘yicha rahbariyati xabardor qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish;

Bo‘lim qonun hujjatlariga, Qo‘mita raisi, Hay’at qarorlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.