“MOLIYAVIY SEKTORDAN QIZIQARLI MA’LUMOTLAR: MIJOZLAR VA ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH” MAVZUIDA O‘QUV SEMINAR
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyati va Toshkent shahri Yoshlar markazlarida 15 mart –Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan talaba yoshlar uchun “Moliyaviy sektordan qiziqarli ma’lumotlar: mijozlar va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” mavzuida o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tdi. Moliyaviy savodxonlikka qaratilgan mazkur tadbir Raqobat qo‘mitasi va German Sparkassenstiftung tashkiloti…











