MAMLAKATIMIZDA 15 FEVRALDAN – 15 MARTGA QADAR “KONTRAFAKTSIZ OY» TADBIRLARI BO‘LIB O‘TMOQDA

Kontrafakt va qalbaki mahsulotlar o‘rtasidagi farqlar Zamonaviy jamiyat firibgarlik va noqonuniy mahsulot ishlab chiqarish muammosiga tobora ko‘proq duch kelmoqda. Shubhasiz, qonun doirasidan tashqarida ishlab chiqarilgan va sotiladigan har bir narsa adolatsiz raqobatning o‘sishini rag‘batlantiradi va iste’molchiga,umuman olganda mamlakat iqtisodiyotiga zarar yetkazishi mumkin. Shu bilan birga noqonuniy sotilgan tovarlarga nisbatan “kontrafakt” va “qalbaki” (“soxtalashtirish”) kabi tushunchalar…

RAHBARIYAT BOSHCHILIGIDAGI ISHCHI GURUH XORAZM VILOYATIDA

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024-yilning 19-24-fevral kunlari Xorazm viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish maqsadida, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun mavjud imkoniyat va zaxiralarni aniqlash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va infrastrukturaning sifati bilan bog’liq masalalar bo‘yicha o‘rganishlar o’tkazildi. Ushbu o’rganishlar Qo‘mita raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan bevosita Xorazm viloyatining Shovot va Urganch tumanlarida o‘tkazildi. Ushbu tumanlar mahallalarining…

NARXLAR VA TARIFLARNI NAZORAT QILISH HAMDA TABIIY MONOPOLIYALARNI TARTIBGA SOLISH SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni talablariga rioya etilishi yuzasidan 2023-yil davomida iqtisodiy tarmoq sohalarida o‘rganishlar o‘tkazilgan, ushbu tahliliy o‘rganishlar davomida 340 dan ziyod qonun buzilish holatlari aniqlangan. Qonun buzilish holatlari hududlar kesimida qaralganda eng ko‘p qonunbuzilish holatlari Namangan viloyati (98 ta), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (64 ta) va Xorazm viloyatida (52 ta) aniqlangan. Ushbu holatlar yuzasidan 14…

E‘LON!

2024-yil 23-fevral kuni soat 14:00 da АOKА binosida brifing boʼlib oʼtadi. Mavzu: “Narxlar va tariflarni nazorat qilish hamda tabiiy monopoliyalarni tartibga solish sohasida amalga oshirilgan ishlar” Brifingda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi maslahatchisi Otabek Usmonov ma’lumot beradi («O‘zbekiston 24» va «UzReport TV» telekanallari hamda Youtube tarmogʼi orqali onlayn yoritiladi).

SAVOL: Kassaga puli to‘laguncha mahsulotni iste‘mol qilish mumkinmi?

FUQARODAN SAVOL: – Kassaga puli to‘laguncha mahsulotni iste‘mol qilish mumkinmi? JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 424-moddasida Oldi-sotdi shartnomasida sotuvchining sotib oluvchiga topshirilgan tovarga mulk huquqi tovar haqi to‘langunga yoki boshqa holatlar yuz bergunga qadar saqlanishi nazarda tutilgan. Sotib oluvchi mulk huquqi o‘ziga o‘tguncha tovarni o‘zgaga berishga yoki boshqacha tarzda tasarruf etishga haqli emas. Topshirilgan tovarning…

MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI

“15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI” onlayn olimpiadasi o‘tkazilmoqda. Tanlov ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi: 1️⃣-bosqich 2024-yil 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining olimpiada.edu.uz elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tgan talabalar o‘rtasida…

BENZIN SIFATI NAZORATDAN O‘TKAZILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi “O‘ZENERGOINSPEKSIYA” Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda aholini sifatli benzin mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida joylarda AI-92 va AI-95 markali yoqilg‘i mahsulotlarining sifatini o‘rganish bo‘yicha nazorat tadbirlarini o‘tkazdi. Xususan, Samarqand tumanida joylashgan “KUTFI-BOBO” MChJ hamda Toyloq tumanidagi “BOG‘IZAG‘ON ABDUGAFFOR” MChJ ga qarashli…

Ta’ziya

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi chuqur taassuf bilan Qo‘mita huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi direktori o‘rinbosari, iqtisod fanlari nomzodi, “Shuhrat” medali sohibi Ortiqov Hudaybergan Azimboyevich vafot etgani haqida xabar qiladi. Hudaybergan Azimboyevich 1974-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan va uzoq yillarda iqtisodiy-moliyaviy sohada davlat boshqaruvining turli jabhalarida faoliyat yuritib yurtimizda amalga…

Davlat organlarida jamoatchilik bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ochiqlikni ta’minlash hamda OAV bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish

Ayni damda Raqobat qoʻmitasi binosida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlikda “Davlat organlarida jamoatchilik bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ochiqlikni ta’minlash hamda OAV bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish” mavzuiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari boʻlib oʻtmoqda. Seminar axborot xizmati xodimining kasbga yangicha yondashuvi, malakasi va mahoratini yanada oshirishga qaratilgan.