Prezidentimiz saylovlar qonunchilik talablari va xalqaro standartlarga to‘la mos holda o‘tishini ta’minlagan barcha darajadagi saylov komissiyalari, xususan, Markaziy saylov komissiyasiga alohida rahmat aytdi.
Saylovlar natijasida Qonunchilik palatasi tarkibi qariyb 60 foizga yangilanib, 87 nafar yangi deputat saylandi.
3Deputatlarning 11 nafari 35 yoshgacha, ilk bor yoshlar parlamentining 2 nafar vakili Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi. Ayniqsa, deputatlarning 38 foizini ayollar tashkil etgani mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Tariximizda ilk bor nogironligi bo‘lgan fuqaromiz Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi. Bu – parlamentimizni tom ma’noda inklyuziv organga aylantirish, ushbu qatlam manfaatlarini yana-da keng ifoda etish yo‘lida navbatdagi muhim qadam bo‘lgani e’tirof etildi.
Yangi tarkibda 63 nafar deputat qayta saylangani esa parlament ishida uzviylik va professionalizmni ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/4985).