Chiqindi tashish xizmatidan aholidan undirilgan jami 2 mlrd so‘mni qaytarish choralari ko‘rilmoqda

Joriy yilda Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga chiqindi tashish xizmati bo‘yicha fuqarolardan ko‘plab norozilik murojaatlari kelib tushdi. Xususan, Farg‘ona viloyatining Quva tumanidan tushgan o‘ndan ortiq murojaatlar tahlil qilinganda, xonadondan chiqindi tashib ketilmayotgani, aholining aniq soniga mos ravishda to‘lov belgilanmasligi va xizmatlarning belgilangan grafikda ko‘rsatilmasligi holatlari aniqlandi. Misol uchun, 2 nafar fuqaro istiqomat qilayotgan xonadondan…

Kommunal, savdo va reklama sohalarida tushayotgan murojaatlar ijobiy yechim topmoqda

Kommunal, savdo va reklama sohalarida tushayotgan murojaatlar ijobiy yechim topmoqda O‘rganishlar hududlar kesimida: Namangan viloyati. Gaz hisoblagich nosozligi bartaraf etildi, asossiz qarzdorlik bekor qilindi Hududiy boshqarma tomonidan Mingbuloq tumanida yashovchi fuqaro A.A.ning gaz bo‘yicha qilgan murojaati “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali Mingbuloq tuman bo‘limi bilan hamkorlikda o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar natijasida gaz hisoblagichning aniqlangan texnik nosozligi…

“ROODELL” MChJga (“KIA SONET” avtomashinasi reklamasida) qonunbuzilish holati bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llanildi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan olib borilgan monitoringlar natijasida “ROODELL” MChJ faoliyatida reklama qonunchiligi talablariga rioya etilmaslik holati aniqlandi. Xususan, ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan reklamalarda “KIA SONET” avtomashinasi muddatli to‘lov uchun 0%” degan mazmundagi ma’lumotlar tarqatilgan. Biroq, mazkur reklama axborotida “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 43-moddasi talablariga zid ravishda shartnomaning muhim shartlari, jumladan, qo‘shimcha to‘lovlar haqida…

Raqobat qo‘mitasi tomonidan iste’molchilar manfaati ta’minlanmoqda

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan savdo, ish va xizmatlar sohasida tushayotgan murojaatlar ijobiy yechim topmoqda. O‘rganishlar hududlar kesimida: Navoiy viloyati. Sayt xostingidagi muammo hal etildi va mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro A.R. o‘z nomiga ochilgan geografiya. uz sayti uchun 10-yildan buyon UZINFOCOM kompaniyasi bilan shartnoma asosida hamkorlik qilib kelayotgan…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan “laboratoriya xizmati” uchun o‘tkazilgan 20 dan ortiq tanlovlarida faqat bitta firma g‘olib bo‘lib kelayotganligi holati bo‘yicha tanqidiy material e’lon qilingan. Mazkur holat bo‘yicha Raqobat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borildi va dastlabki o‘rganish natijalari bo‘yicha, tegishli qonun buzilish holati alomatlari bilan…

TEMIRYO‘LDA YO‘LOVCHI TASHISH XIZMATLARI BO‘YICHA QO‘MITA CHIQARGAN QAROR SUD INSTANSIYALARI TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLANDI VA QONUNBUZILISh HOLATI BARTARAF ETILDI

TEMIRYO‘LDA YO‘LOVCHI TASHISH XIZMATLARI BO‘YICHA QO‘MITA CHIQARGAN QAROR SUD INSTANSIYALARI TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLANDI VA QONUNBUZILISh HOLATI BARTARAF ETILDI Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan olib borilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra (https://t.me/RaqobatGovUz/9151), «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ va «Shahar atrofida yo‘lovchi tashish» MChJ tomonidan  sotilgan chiptalardan vositachilik yig‘im qiymati bo‘yicha umumiy hisobda jami 792 186 nafar iste’molchidan ortiqcha haq undirilganligi aniqlandi. Qo‘mita mazkur…

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi jamoasi nomidan axborotni tezkor yetkazish, dolzarb masalalarni yoritish va jamiyat fikrini shakllantirish yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha OAV vakillari, jurnalist hamda blogerlarni ushbu kasb bayrami bilan chin yurakdan tabriklaymiz! Sizning izlanishlaringiz, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni jamiyatimiz oldidagi mas’uliyatni his qilgan…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan boshlang‘ich narxi 567,3 million so‘m bo‘lgan “Ertaklar olamiga sayohat” bayram tadbirini tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yuzasidan tanqidiy murojaat qoldirilgan. Ushbu holat yuzasidan Raqobat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan dastlabki tahliliy o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy ravishda o‘rganilib, ijobiy hal etib borilmoqda

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy ravishda o‘rganilib, ijobiy hal etib borilmoqda Murojaatlar hududlar kesimida Andijon viloyati Fuqaro X.M. “O’zbegim” savdo markazidagi “Idea” do‘konidan muddatli to‘lov asosida telefon xarid qilgan. Telefon yaroqsiz bo‘lib chiqqan va qaytarilganiga qaramasdan, “IMAN Invest” kompaniyasi tomonidan 2 200 000 so‘m qaytarib berilmagan. O‘rganish natijasida, mazkur…

Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning bazaviy narxlari optimallashtirilishiga erishilmoqda

Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning bazaviy narxlari optimallashtirilishiga erishilmoqda Raqobat qo‘mitasi tomonidan davlat ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan kelishish uchun taqdim etilayotgan narxlar vakolat doirasida o‘rganib chiqilmoqda. Xususan, 2023-2024-yillar davomida respublika davlat tibbiyot markazlari tomonidan Qo‘mitaga kelishish uchun kiritilgan narxlarning shakllanishi tahlil qilinganda, ushbu narxlarni shakllantirishda ayrim xarajatlar optimallashtirilishi hisobiga…