Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 29-avgust sanasida Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati barqaror rivojlanish bo‘yicha loyiha rahbari Beate Shoreit boshchiligidagi vakillar bilan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mutasaddilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda “Raqobat to‘g‘risida”gi yangi qonun va istiqboldagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihalar muhokama qilindi.

NOSOZ AVTOMASHINA YANGISIGA ALMASHTIRILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasiga G‘uzor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro N.A. Qarshi shahrida faoliyat olib boradigan “QASHQADARYO AVTOTEXXIZMAT” MChJdan norozi bo‘lib murojaat yo‘llagan. Fuqaro N.A. 2022-yil 26-dekabrda “QASHQADARYO AVTOTEXXIZMAT” MChJ bilan TRACKER-2 TRK Premier rusumli avtomashinasini olish uchun shartnoma imzolagan. Shartnoma shartlariga asosan, avtomashina o‘z vaqtida yetkazilgan bo‘lsada,…

Mahsulotlarda nuqson aniqlanganda qanday tartibda ish tutish lozim

O‘ziga zarur sifatga ega bo‘lmagan tovar sotilgan xaridor, agar nuqsonlar sotuvchi tomonidan aytilmagan bo‘lsa, o‘zining tanlashiga ko‘ra sotuvchidan (oziq-ovqat tovarlariga nisbatan xaridor xarid qilingandan keyin 24 soat mobaynida bunday huquqqa ega bo‘ladi): aynan shunday markadagi (model, artikuldagi) tovarga almashtirishni; xarid narxini tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilgan holda boshqa marka (model, artikul)dagi aynan shunday tovarga almashtirishni;…

Qo‘mitaning navbatdagi o‘quv seminari “Asakabank”da bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Asakabank” AJda yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda raqobat sohasidagi qonunchilik talablari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oldini olishga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi. Tadbirda mazkur bank xodimlariga Monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish bo‘limi boshlig‘i Tohir Abdurashidov va…

AHOLI FAROVONLIGIGA QARATILGAN OYLIK

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligini keng nishonlashga puxta tayyorgarlik ko‘rish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘lamini yanada kengaytirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalari holatini yaxshilash, “mahalladan xonadongacha” tamoyili asosida mahallalar hududlarini obodonlashtirish orqali aholi farovonligini oshirishga qaratilgan 459-F-son Farmoyish 18-bandida belgilangan…

Davlat raqobat organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 22-avgust kuni Ozarbayjon Respublikasiga tashrifi doirasida ikki davlatning hukumat va idoralari darajasida 15 ta hujjat qabul qilindi. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Monopoliyaga qarshi kurashish va iste’mol bozorini nazorat qilish davlat xizmati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bayonnomasi…

2023-yil 3-iyul kuni “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-850-son) yangi tahrirda qabul qilindi.

2023–yil 3–iyul kuni “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-850-son) yangi tahrirda qabul qilindi. Komiljon Umarov, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Namangan viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi. Yangi tahrirdagi Qonun 9 ta bob va 49 ta moddadan iborat. Qonunni ishlab chiqishda mas’ul idoralardan ko‘plab…

Yangi xonadon uchun to‘langan boshlang‘ich to‘lov qaytarildi

Yangi xonadon uchun to‘langan boshlang‘ich to‘lov qaytarildi Koson tumanida istiqomat qiluvchi yosh oila a’zosi D.K. yangi xonadon olish uchun quruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzib, 30 000 000 so‘m boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirgan. Qolgan to‘lovlarni tijorat banklari orqali kredit asosida to‘lash maqsadida barcha banklarga murojaat qilgan, ammo tijorat banklari ayrim sabablarga ko‘ra kredit ajratmagan. Muammolar o‘rtasida qolgan fuqaro…

ISTE’MOLCHIDAN SAVOL:

ISTE’MOLCHIDAN SAVOL: – Energetik ichimliklarni reklama qilish mumkinmi? MUTAXASSIS JAVOBI: Sherzod MAXAMADALIYEV, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasida energetik ichimliklar reklamasiga bir qator talablar qo‘yilgan. Unga ko‘ra, energetik ichimliklarning reklamasida, har bir holda, bunday ichimliklarni haddan ziyod iste’mol qilishning zarari to‘g‘risidagi ogohlantirish, shuningdek bunday ichimliklarni…

RAQOBAT SOHASIDAGI MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLUVCHI QONUN

RAQOBAT SOHASIDAGI  MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLUVCHI QONUN  Joriy yilning 16-21-avgust kunlarida Buxoro viloyatining Buxoro va Kogon shaharlari, Peshku, G‘ijduvon, Vobkent, Qorako‘l, Olot, Jondor tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari  vakillari va aholi uchun o‘quv seminarlari tashkillashtirildi. Seminarda yangi tahrirdagi qonun bo‘yicha asosiy tushunchalar, monopoliyaga qarshi komplayens,  ustun mavqe,…