Jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikni tubdan takomillashtirishda matbuot xizmatlarining roli

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Axborot xizmati tomonidan 2023-yil avgust-dekabr oylarida axborot xizmatlari xodimlari, jurnalist, blogerlar uchun rejalashtirilgan media-treninglar rejasiga asosan 2023-yil 21-dekabrda ZOOM orqali Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalarining matbuotga mas’ul xodimlari uchun  “Jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikni tubdan takomillashtirishda matbuot xizmatlarining roli” mavzuida  myedia savodxonlikni oshirishga qaratilgan master-klass bo‘lib o‘tdi. Treningda O‘zbekiston…

ISTE’MOLCHILARNI SIFATLI BENZIN MAXSULOTLARI BILAN TAʼMINLASH SOHASIDA O‘TKAZILGAN O‘RGANISHLAR YUZASIDAN MAʼLUMOTLAR

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “O‘zenergoinspeksiya” bilan hamkorlikda aholini sifatli benzin mahsulotlari bilan taʼminlash holatini o‘rganish maqsadida 2023-yil noyabr-dekabr oylarida Respublikamizning barcha hududlarida joylashgan AYOQShlarda benzin mahsulotlarining nazorat xaridlari o‘tkazildi. Ushbu o‘rganish tadbirlari davomida 82 ta AYоQShlardan xarid qilingan benzin mahsulotlari, belgilangan tartibda tegishli laboratoriyalarga taqdim etilgan va ularning dastlabki qismi…

TASHQI REKLAMA VOSITALARI QONUN TALABLARIGA MOSLASHTIRILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mutasaddi idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda tuzilgan ishchi guruhi tashqi reklama va tashqi targ‘ibot vositalarining O‘zbekiston Respublikasi «Davlat tili haqida»gi hamda «Reklama to‘g‘risida»gi qonunlariga mosligi yuzasidan monitoringlarini  o‘tkazib kelmoqda. Qo‘mitaning Sirdaryo va Jizzax viloyati  hududiy boshqarmalari tomonidan  Guliston va Jizzax shaharlaridagi markaziy hamda ichki ko‘chalaridagi noqonuniy o‘rnatilgan…

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 663-son Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish tartibi to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash haqida” 2021-yil 3-iyundagi 346-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish…

INSOFSIZ RAQOBAT AMALIYOTLARIGA, TIL BIRIKTIRISHLAR VA KARTEL KELISHUVLARGA QARSHI KURASHISH

2023 yilning 11 oyi davomida Qo‘mitaga insofsiz raqobat holatlari bo‘yicha 300 ga yaqin murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan ”Raqobat, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan ko‘rib chiqilgan.…

E‘LON!

2023-yil 19-dekabr kuni soat 10:00 da АOKА binosida brifing boʼlib oʼtadi. Mavzu: “Insofsiz raqobat amaliyotlariga, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar”. Brifingda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi maslahatchisi Otabek Usmonov ma’lumot beradi. Brifing «O‘zbekiston 24» va «UzReport TV» telekanallari hamda Youtube tarmogʼi orqali onlayn yoritiladi

Soxta kosmetologlardan ehtiyot bo‘ling

Ko‘chalardagi ko‘plab peshlavhalarda ayollar sartaroshxonasi, manikyur, pedikyur xizmatlari ro‘yxatida kosmetolog xizmati ham bor.  Bugungi kunda kosmetologiya terini   ortiqcha yog‘lardan tozalash, piling, yuz massaji, lazerli epilyatsiya, botoks, mezoterapiya  va plastik kabi xizmatlarni o‘z ichiga olgan. Bunday muolajalar malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Achinarlisi, ayrim qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlar o‘zgalar hayotini pisand qilmasdan bunday muolajalarni amalga oshirishadi, iste’molchilar…

Sifatsiz mahsulotlar sotilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

    Ichki iste’mol bozorida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, odamlar hayoti va sog‘ligiga xavfli bo‘lgan sifatsiz mahsulotlarning sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik bugungi kundagi muhim masalalardan biridir.     Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Samarqand viloyati hududiy birlashmasi bilan hamkorlikda olib borilgan o‘rganishlarda 73 ta savdo…

Iste’molga yaroqsiz qandolat va sut mahsulotlari, osh tuzlari aniqlandi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda ichki iste’mol bozorida sifatsiz, iste’molga yaroqsiz mahsulotlarning oldini olishga qaratilgan “Sifat nazorati” loyihasida asosida muntazam ravishda chakana savdoda tovarlar nazorat xaridi va ularni ekspertizadan o‘tkazish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, 2023–yilning 10 oyida jami 186 nomdagi mahsulotlarning nazorat xaridini amalga oshirildi. Ekspertiza natijalari…

Qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari savdoga qanday tayyorlanadi?

FUQARODAN SAVOL: Qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari savdoga qanday tayyorlanadi? Sotuvchi iste’molchiga qanday ma’lumotlarni taqdim etishi lozim? MUTAXASSIS JAVOBI: Abdurahmon RAUPOV, Raqobatni rivojlantirish  va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish  qo‘mitasi  bo‘lim boshlig‘i. – Qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar savdo zaliga qo‘yilishidan avval sotuvdan oldin tayyorgarlikdan o‘tishi zarur. Bu…