MONOPOLIYAGA QARSHI EKSPERTLAR ASSOTSIATSIYASI TASHKIL ETILADI

Joriy yil 6-iyul kuni “Raqamli bozorlarda raqobat to’g’risidagi qonunni qo’llash va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish: muammolar va imkoniyatlar” mavzusida o’tkazilgan xalqaro konferensiya doirasida «Monopoliyaga qarshi ekspertlar(yuristlar) assotsiatsiyasini tuzish yuzasidan» kelishuv imzolandi. Mazkur kelishuvni imzolashdan ko‘zlangan maqsad: – monopoliyaga qarshi ekspertlar (yuristlar) Assotsiatsiyasini tuzish; – monopoliyaga qarshi qonunchilik va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonun hujjatlarini…

TICC 2023 | XALQARO KONFERENSIYA

«Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlarni biz barchamiz his qilib turibmiz, Raqobat qo‘mitasiga yangi vakolatlar berilganli uning alohida maqomga ega bo‘lgani barchamizga Xalqmiz, Davlatimizning ishonchi bilan birga yangi formatda,yangi tashabbuslar va barchamiz mas’uliyatni his qilib ishlashimiz lozimligini anglatadi»- deb ta’kidladi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi Sh.Sharaxmetov. Xalqaro konferensiya davom etmoqda

TICC 2023 | XALQARO KONFERENSIYA

Ayni vaqtda, “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan “Raqamli bozorlarda raqobat to’g’risidagi qonunni qo’llash va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish: muammolar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Xalqaro konferensiyani Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi Sh.Sharaxmetov…

VAZIRLIKLAR, IDORALAR VA MAHALLIY HOKIMLIKLAR XODIMLARI UCHUN O‘QUV-SEMINARI TASHKIL ETILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tashkil etilayotgan “Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini samarali joriy etish – faoliyatning raqobat qonunchiligiga muvofiqligini ta’minlash garovi” mavzusidagi navbatdagi  o‘quv-seminarida vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklardagi monopoliyaga qarshi komplayens tizimiga mas’ul xodimlar ishtirok etishdi. Unda asosiy e’tibor qonunchilik hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash, davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish…

TIZIM FAOLIYATI UCHUN MAS’ULLAR MALAKASI OSHIRILMOQDA

Avval xabar berilganidek, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini samarali joriy etish – faoliyatning raqobat qonunchiligiga muvofiqligini ta’minlash garovi” mavzusida navbatdagi o‘quv-seminarlari o‘tkazildi. Monopol korxonalarning monopoliyaga qarshi komplayens tizimi faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan xodimlari ishtirokida navbatdagi o‘quv-seminari tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ishtirokchilarga raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari…

QO’MITA RAHBARIYATI “GERMAN SPARKASSENSTIFTUNG” MUTASADDILARI BILAN UCHRASHUV O’TKAZDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Sh.Sharaxmetov boshchiligidagi mutasaddilar xalqaro hamkorlik bo‘yicha “German Sparkassenstiftung” vakillari bilan muzokaralar o’tkazishdi. O’tkazilgan muzokaralar doirasida hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar, tomonlar o‘rtasida yangi Memorandumni imzolash bo‘yicha hamkorlik qilish va hamkorlikning istiqboldagi rejalari muhokama qilindi.

MONOPOLIYAGA QARSHI KOMPLAYENS TIZIMINI SAMARALI JORIY ETISH – FAOLIYATNING RAQOBAT QONUNCHILIGIGA MUVOFIQLIGINI TA’MINLASH GAROVI  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi 114-son qaroriga muvofiq davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, monopol korxonalar va korporativ buyurtmachilar faoliyatida monopoliyaga qarshi komplayens tizimini bosqichma-bosqich joriy etish belgilangan bo‘lib, bugungi kunga qadar jami 102 ta shundan, 14 ta tabiiy monopoliya subyektlarida, 25 ta tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega…

TOSHKENT “MAKON MARKETING FORUM 2023″ Qo’mita raisi chiqishi

TOSHKENT “MAKON MARKETING FORUM 2023″ tadbiri davomida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Sh.Sharaxmetov so‘zga chiqib barcha ishtirokchilarga qarata «Bizda bir qadriyat darajasiga ko‘tarishimiz lozim bo‘lgan mavzu bor… u ham bo’lsa barcha ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchilar o’z iste’molchilaridan minnatdor bo’lishlari lozim. Bizning o‘ylashimizcha, barcha jarayonlarda iste’molchilar emas, aynan ular mijozlarga rahmat…

Qo’mita va Ridetech International B.V. (Yandex Taxi) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 27-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va Ridetech International B.V. (Yandex Taxi) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv Ridetech International B.V. vakillari bilan 2022-yil 1-noyabrdagi uchrashuvning mantiqiy davomi hamda 2023-yil fevral oyida Qo‘mita tomonidan jo‘natilgan so‘roviga mazkur kompaniyaning javoblari tahlili yuzasidan tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Yandex…

YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA – YANGI HAYOT, YANGI JAMIYAT BARPO ETISH KAFOLATIDIR

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida Yangi O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori o‘rinbosari Vosidjon Ergashev va Qo‘mita raisi Shaxrux Sharaxmetov tomonidan Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati yurtimiz rivojiga doir muhim jihatlar xususida ma’lumotlar berildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis…