Ichki bozorlarda shakar mahsuloti narxlari barqaror va uzluksiz taʼminlanmoqda

Shakar mahsulotini ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi mahalliy tadbirkorlarning 2023-yildagi faoliyatida vujudga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarning oldini olish boʻyicha Hukumat tomonidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bugungi kunda mahalliy shakar zavodlari shakar xomashyosini jahon birja kotirovkalariga nisbatan arzon narxlarda Braziliya davlatidan xarid qilishmoqda. Xususan, joriy yil 15-aprel holatiga mazkur zavodlarda 357 ming tn shakar mahsuloti resurslari…

Texnik nosoz avtomashina yangisiga almashtirib berilishi ta’minlandi

Namangan viloyati, Chust tumani, Birlik MFYda yashovchi fuqaro Eshmatova Yelena “Chust Avtotexxizmat-N” MCHJ dan 2022-yil 23-fevral kuni Chevrolet Equinox rusumli avtomobilni 3 yil kafolati bilan shartnomaga asosan sotib olgan. Oradan 1 yil vaqt oʻtmay mashinaning motor qismi nosoz holga kelgan. Joriy yil 14-yanvar kuni isteʼmolchi oʻz avtomashinasini Chust tumanida joylashgan Chevrolet servisga koʻrikdan oʻtkazishga topshirgan.…

86 ta holatda qonun buzilishlar aniqlanib, 19 milliard soʻmlik tender tanlovlari bekor qilindi

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 75-moddasi (xarid qilish tartib-taomillarining davlat nazorati)da, Ushbu Qonunning va davlat xaridlari sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlarining to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan davlat nazoratini oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirishi belgilab qoʻyilgan. Shunga koʻra, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi…

Kechiktirilgan avtomobil uchun isteʼmolchiga foiz toʻlandi

Xorazm viloyati Urganch tumanida istiqomat qiluvchi isteʼmolchi “Lacetti” rusumli avtomobil xarid qilish maqsadida viloyatdagi “Avto-Layner Xorazm” MCHJ rasmiy dilerlik tashkiloti bilan shartnoma tuzgan. Shartnoma shartlariga asosan avtomobil isteʼmolchiga 2022-yil 30-noyabr kuni yetkazib berilishi kerak boʻlgan. Mashina maʼlum sabablarga koʻra isteʼmolchiga muddatida yetkazib berilmagan va ikki tomon roziligi bilan shartnomaga qoʻshimcha kiritilib, 45 kunda mashina yetkazib…

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilingan “Ogoh bo‘ling! Bolalar uchun tayyorlangan ozuqani ham aldab sotishyapti” sarlavhali xabar yuzasidan, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi: – hozirgi vaqtda ushbu holat nazoratga olingan bo‘lib, tomonlarni sotuvchi XK “BALTON TRADING ASIA” MChJ hamda yetkazib beruvchi “KICHKINTOY BOLA BIZNES” XKlarni surishtiruv ishlariga jalb etgan holatda…

Tovar-xom ashyo birjalarida narxlarni nazorat qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan 2023-yil I choragi davomida tovar-xom ashyo birjalarida narxlarni nazorat qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha MA’LUMOT   Qo‘mitaning Tovar-xom ashyo birjalari va iste’mol bozorlarida narxlarni nazorat qilish boshqarmasi tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni tasdiqlangan grafiklar asosida belgilangan hajm va muddatlarda…

REFERENDUMGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI

Mamlakatimizda Konstitutsiyaviy islohotlar qizg‘in pallada davom etmoqda. Ma’lumki, joriy yilning 30-aprel sanasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkaziladi. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi raisi Sh.Sharaxmetov tomonida ushbu tadbirga tayyorgarlik ishlari yuzasidan Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 302 va 303-sonli referendum uchastkalarida o’rganishlar o’tkazildi.O’rganishlar davomida uchastkalardagi mavjud imkoniyatlar…

Moddiy madaniy meros obyektlarida reklama joylashtirilishi mumkinmi?

Yurtimizning tarixi boy, tabiati go‘zal, xalqi mehmondo‘st. Asosiysi, o‘tgan asrlarda bunyod etilgan arxeologiya va monumental san’at yodgorliklari, masjid va madrasalar, tarixiy qarorgohlar, uy muzeylari, ziyoratgohlar, madaniyat binolari, tarixiy inshootlar, teatr va fotosurat uylari kabi noyob, qadimiy osori-atiqalar, moddiy va madaniy meroslar xorijiy sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Shu sababli, o‘tgan asrlarga tegishli bo‘lgan milliy boyligimiz va…

Tadbirkorga asossiz hisoblangan 1 milliarddan ziyod qarzdorlik bekor qilindi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga “Spring Colour Industry” MCHJ qo‘shma korxonasi tomonidan murojaat kelib tushgan.   Murojaatda qayd etilishicha, Yangiyo‘l tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 2022 yil 22 avgust kuni “Spring Colour Industry” MCHJ elektr hisoblagich o‘rnatilib, plombalangan va vaqtincha foydalanish uchun ruxsat berilib dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Biroq 2022…

Qo‘mitaning tovar, moliya va raqamli bozorlarni tahlil qilish va tartibga solish boshqarmasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha ma’lumot

Qoʻmitaning Tovar, moliya va raqamli bozorlarni tahlil qilish va tartibga solish boshqarmasi tomonidan 2022-yil va 2023-yil 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yilga moʻljallangan vazifalarga toʻxtalib oʻtmoqchiman. Hisobot davrida, bozorlarda raqobat muhitini baholash, isteʼmolchilarning tanlov imkoniyatlarini oshirish va ushbu tovar bozoridagi tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni taʼminlash maqsadida jami  320 dan ortiq tovar…