ELEKTRENERGIYA UCHUN ASOSSIZ QARZDORLIK BARTARAF ETILDI

Jarqo‘rg‘on tumani Kakaydi qo‘rg‘onida joylashgan 54831-harbiy qismning Mudofaa Vazirligi IK harbiy shaharchasida joylashgan “Yoshlar” va “Do‘stlik” mehmonxonalari tomonidan iste’mol qilinayotgan 1kVt elektr energiyasi uchun 800 so‘mdan to‘lovni amalga oshirishni talab qilinayotganligidan noroziligi to‘g‘risida”gi murojaati O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan vakolat doirasida o‘rganib chiqildi. O‘tkazilgan…

Amaliy uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-93-sonli Farmoniga shuningdek, 2023-yilning 7-iyul kuni Vazirlar Mahkamasining 279-sonli “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mas’ullari va bir guruh vakolatli davlat organlari ishtirokida Farg‘ona viloyatining qator tumanlarida amaliy…

“20 MING TADBIRKOR – 500 MING MALAKALI MUTAXASSIS” DASTURI

Dasturda tadbirkorlar “hamkorlik shartnomalari” asosida ixtiyoriy ravishda ishtirok etadi va kamida 2 yil faoliyat ko‘rsatayotgan va ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lmagan tadbirkorlar – yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin. 2023–2024 yillarda ushbu dasturni amalga oshirish uchun jami 1 milliard AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochiladi. Ushbu maqsad avvalo tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishi, shu bilan birgalikda…

IJTIMOIY DAVLAT, BARCHAGA – G‘AMXO‘RLIK

Oxirgi vaqtlarda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan ham hududlarda aholi muammolarini o‘rganish va uni hal etish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Qo‘mita raisi Sh.Sharaxmetov boshchiligidagi ishchi guruh bu safar poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganib, ularni tizimli ravishda hal etish yuzasidan tegishli ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, “Turon” MFY…

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YANGI TAHRIRDAGI «RAQOBAT TO’G’RISIDA»GI QONUNI: O’ZGARTIRISH VA QO’SHIMCHALAR

Davlat organlari, yirik korxonalar va yuridik shaxs birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplayens tizimi majburiy joriy etilmoqda; Ustun mavqeni e’tirof etish va bozor ulushi belgilash jihatlariga yangi mezonlar kiritildi; Tabiiy monopoliya subyektlari ham ustun mavqega ega subyektlar qatoriga qo‘shildi; Kartel kelishuvlaridan tashqari “o‘zaro kelishilmagan muvofiqlashtirilgan harakatlar” ham raqobatga zid harakat sifatida belgilanmoqda; Insofsiz raqobat va uning qamrab…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli “Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.

Farmonda quyidagilar nazarda tutilmoqda: ekskluziv huquqlar berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning reyestri (ro‘yxati) joriy etiladi; Raqobat qo‘mitasi tomonidan tarmoqdagi tadbirkorlar va xorijiy investorlar bilan uchrashuv o‘tkazish, raqobatga to‘siq bo‘layotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi; Tabiiy monopoliya, jumladan, elektr energiya, tabiiy gaz, temir yo‘llari, fuqaro aviatsiyasi, aeroport xizmatlari,…

WORKSHOP | KOREYALIK MUTAXASSISLAR ISHTIROKIDA O‘QUV SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida «workshop» (o‘quv seminari) bo‘lib o‘tdi. Unda Koreya iste’molchilar agentligi (Korea Consumer Agency) vakili O Sang-A xonim so‘zga chiqdi. Seminarda O Sang-A xonim Qo‘mita xodimlarini iste’molchilar va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi nizolarni muqobil hal etish (Alternative Dispute Resolution) bo‘yicha Janubiy Koreya tajribasi bilan tanishtirdi.

“Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan “Barqaror iqtisodiy taraqqiyot: dolzarb masalalar” panel sessiyasi davom etmoqda.

Tadbirda Ruminiya Raqobat organi Prezidenti Bagdan Kritsoyu o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etmoqda. U o‘z nutqida Raqobat sohasi,O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Raqobat to‘g‘risidagi» qonuni yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Shuningdek, u Raqobat sohasida Ruminiya tajribasi uning o‘ziga xos jihatlari yangi yo‘nalishlari va sohadagi muammolarga  to‘xtalib o‘tdi.