BIRJA SAVDOLARIDA ISTE’MOL VA TEXNIK ETIL SPIRTI MAHSULOTINI XARID QILUVCHI XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR DIQQATIGA!!!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 4-apreldagi PQ-110-son qaroriga asosan:
- birja savdolarida xarid qilingan iste’mol va texnik etil spirtining (keyingi matnda “spirt” deb yuritiladi) o‘z ehtiyojidan ortgan qismini realizatsiya qilish faqat birja savdolari orqali amalga oshirilishi belgilangan;
- Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi:
tadbirkorlik subyektlarining yillik ishlab chiqarish quvvati uchun spirtga bo‘lgan talabi hamda birja savdolari orqali xarid qilingan spirt miqdorining hisobini yuritishi;
yil davomida birja savdolari orqali xarid qilingan spirt miqdori tadbirkorlik subyektlarining yillik ishlab chiqarish quvvati talabiga nisbatan 110 foizdan oshganda, o‘rnatilgan tartibda spirtdan maqsadli foydalanilishini joyiga chiqqan holda o‘rganishi belgilangan.
Ushbu topshiriqlar ijrosini o‘z muddatida va samarali tashkil etish maqsadida, Qo‘mita tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarining yillik ishlab chiqarish quvvati uchun iste’mol va texnik etil spirtiga bo‘lgan talabi tahlil qilinmoqda.
Shu munosabat bilan, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan iste’mol va texnik etil spirtiga bo‘lgan yillik talablarini asoslovchi hujjatlari (tegishli litsenziya va muvofiqlik sertifikatlarini ilova qilgan holda) bilan Qo‘mita va uning hududiy organlariga taqdim etishlari so‘raladi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yillik ishlab chiqarish quvvati uchun iste’mol va texnik etil spirtga talabi shakllantirilib, ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektlarga birja savdolarida ishtirok etishlari ta’minlanadi.
MUHIM!
Hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar 2023-yil 1-iyun kunidan boshlab iste’mol va texnik etil spirti bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan birja savdolaridan chetlashtirilishiga sabab bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilinadi.
Qo’mita va uning hududiy organlarining ushbu masala bo’yicha mas’ul xodimlari ro’yxati.
Tadbirkorlik subyektlarining yillik ishlab chiqarish quvvatlari uchun talab etiladigan iste’mol va texnik etil spirti mahsulotining miqdorlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish bo‘yicha Qo‘mita
hamda hududiy organlari mas’ullari to‘g‘risida
MA’LUMOT
Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
mas’ul xodim – Qalnazarov Davranbek, (+998) 61-222-30-11, mob.: (+998) 99-957-66-50
Andijon viloyati
mas’ul xodim – Jurayev Islomali, (+998) 74-225-13-44, mob.: (+998) 90-268-48-00
Buxoro viloyati
mas’ul xodim – Muminov Abdullo, (+998) 65-221-59-36, mob.: (+998) 90-511-20-00
Jizzax viloyati
mas’ul xodim – Qulmatov Olim, (+998) (+998) 72- 226-11-09, mob.:(+998)93-821-66-77
Qashqadaryo viloyati
mas’ul xodim – Xamraev Muxammadi, (+998) 75-225-11-17, mob.: (+998) 90-673-07-05
Navoiy viloyati
mas’ul xodim – Jo‘rayev Rustambek, (+998) 79-225-54-44, mob.: (+998) 93-439-73-33
Namangan viloyati
mas’ul xodim – Nasixonov Sherhon, (+998) 69-233-25-15, mob.: (+998) 94-502-80-78
Samarqand viloyati
mas’ul xodim – Karimov Mardon, (+998) 66-233-31-33, mob.: (+998) 97-454-18-80
Sirdaryo viloyati
mas’ul xodim – Primqulov Odiljon, (+998) 67-226-37-00 , mob.: (+998) 99-474-03-70
Surxondaryo viloyati
mas’ul xodim – Butaev Olimjon, (+998) 76-223-39-57, mob.: (+998) 91-236-26-61
Toshkent viloyati
mas’ul xodim –Alimardonov Baxodir, (+998) 70-202-01-99, mob.:(+998) 97-261-73-00
Fargʻona viloyati
mas’ul xodim – Abdusamadov Abdumannon, (+998) 73-244-66-26 , mob.:(+998) 90-115-66-00
Xorazm viloyati
mas’ul xodim – Qushnazarov Baxodir, (+998) 62-228-51-15, mob.: (+998)-94-906-09-99
Toshkent shahri
mas’ul xodim – Xolmamatov Jahongir, (+998) 71-233-76-86, mob.: (+998) 90-193-93-94
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mas’ullari
– Amirbek Botirov 71 207 47 00 (ichki 279), Jaxongirxan Buzurxanov 71 207 47 00 (ichki 241)