Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasida AQSH davlat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda Qo’mita raisi SHoxrux SHaraxmetov, raisning birinchi o’rinbosari Asadulla Qayumov va Qo’mitaning boshqa mas’ullari AQSH davlat tashkilotlari vakillari Tovar birjalari bo’yicha komissiyasi (CFTC) direktorining o’rinbosari Kevin Pikkoli, AQSH Savdo vazirligining Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (CLDP) maslahatchisi Maykl Kofild, AQSH Savdo vazirligining Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (CLDP )xalqaro dasturlar mutaxassisi Tomas CHoy hamda O’zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi mutaxassislari bilan muzokara o’tkazildi.
Mazkur uchrashuvdan ko’zlangan asosiy maqsad, zamonaviy birja savdolari, mexanizmlari va vositalarini joriy etish, Tovar-xom ashyo birjalarida yuqori likvidli va monopol turdagi tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy qilish, tovar xom-ashyo birja faoliyatini takomillashtirishdir.