Navoiy viloyatida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘rganildi
Davlatimiz rahbarining PF–193-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi mas’ul xodimlari tomonidan Navoiy viloyatida ilmiy va amaliy o‘rganishlar olib borildi.
Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan 5 134 turdagi tovarning 1 495 turi (29 foizi) Navoiy viloyatida ham ishlab chiqarilmoqda. Respublikaga import qilinayotgan 9 049 turdagi mahsulotning 1 955 turi viloyat bozoriga kirib kelmoqda. Viloyatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 55 foizi jahon o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori murakkablik darajasiga ega.
🔴 Garvard universitetining Iqtisodiy murakkablik indeksi metodologiyasi asosida 1 242 turdagi mahsulot bo‘yicha ishlab chiqarish imkoniyatlari baholanib, 300 dan ortiq mahsulot tanlanma asosida o‘rganildi. Natijada 30 turdagi mahsulot bo‘yicha ichki bozorning mahalliy mahsulotlar bilan to‘yinganlik darajasi belgilangan me’yordan past ekani aniqlandi.
O‘rganishlar davomida Xatirchi tumanidagi 50 dan ortiq mahallada xatlov jarayonlari joyiga chiqib o‘rganildi va mavjud muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. shuningdek viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari uchun PF–193-son Farmon ijrosiga bag‘ishlangan trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.








