Raqobat qo‘mitasi tomonidan 5,7 mlrd so‘mlik tender yuzasidan ish qo‘zg‘atildi
Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Bir manzil, umumiy o‘tmish va milliardlik tender” – deb nomlangan tanqidiy maqola yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
Qo‘mitasi tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi buyurtmachiligida 2026-yil 4-avgust kuni 475 to‘plam seysmik datchiklar xarid qilish bo‘yicha boshlang‘ich narxi 5,7 mlrd so‘m bo‘lgan tender savdosi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Olib borilgan o‘rganish natijasida, Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi, “Drilltechpro” MCHJ va “Edulab” MCHJ tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar alomatlari mavjudligi aniqlandi.
Yuqoridagilarga muvofiq, Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi, “Drilltechpro” MCHJ va “Edulab” MCHJlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi.
Ishni ko‘rib chiqish yakunlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.








