Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar respublika hududlarida davom etmoqda
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti»ga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tadbirkorlarning murojaatlari, muammolari va takliflarini tizimli o‘rganish maqsadida, Raqobat qo‘mitasi tomonidan respublikaning barcha hududlari kesimida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.
✅ Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi raisi v.v.b. A.Aminov boshchiligida o‘tkazilgan uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan kredit va sug‘urta shartlari, ta’minotchilar reyestriga kirish hamda reklama obyektlarini pasportlashtirish jarayonlaridagi muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Mas’ul mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib, ayrim masalalar joyida hal etildi.
✅ Andijon viloyati
Hududiy boshqarma rahbariyati tomonidan ushbu tumanlarda sayyor qabul hamda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi va tadbirkorlarni qiynab kelayotgan masalalarni joyida o‘rganish hamda ijobiy hal etishdan iborat bo‘ldi.
✅ Buxoro viloyati
Joriy yilning 18-may kuni Xududiy boshqarma tomonidan o‘tkazilgan ochiq muluoqotda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bozorida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda asosiy e’tibor tabiiy monopoliya subyektlari ko‘rsatayotgan xizmatlar sifati, reklama faoliyatidagi muammolar hamda birja savdolari bilan bog‘liq masalalarga qaratildi. Murojaatlar yechimi bo‘yicha fikr almashilib, qonuniy ijrosini ta’minlash uchun mas’ullar biriktirildi.
✅ Jizzax viloyati
Hududiy boshqarmada o‘tkazilgan uchrashuvda tadbirkorlarning raqobat, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama sohasidagi muammolari o‘rganildi. Jumladan, «Effektive sinergiya» MChJ va «Forward advertise» MChJ vakillarining reklama pasportlarini shakllantirish tizimi va to‘lovlari bo‘yicha murojaatlari qabul qilinib, ijroga yo‘naltirildi.
Muluoqotlar davomida qabul qilingan murojaatlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib, ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi murojaatlar esa nazoratga olindi.
Shuningdek, uchrashuvlarda bildirilgan har bir murojaat va takliflar alohida o‘rganilib, «VI ochiq muloqot»da muhokamaga kiritish uchun umumlashtirilmoqda








