7,2 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlaridagi qonunbuzilishlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi
Raqobat qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan davlat xaridlari sohasida amalga oshirilgan monitoring va kelib tushgan murojaatlarni o‘rganishlar natijasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli ta’sir choralari ko‘rib kelinmoqda.
Xususan:
➡️ Toshkent shahar
🔘 “Ma’no” MCHJ tomonidan o‘tkazilgan 1 ta 988 mln so‘mdan ortiq eng yaxshi takliflarni tanlash savdosida;
➡️ Surxondaryo viloyati
🔘 Sho‘rchi tumanidagi 125-sonli «Nurli maskan» ta’lim muassasasining 1 ta 1,1 mlrd so‘mdan ortiq;
🔘 Sho‘rchi tumani viloyat kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati davlat muassasasining 1 ta 371 mln so‘mdan ortiq;
🔘 Sho‘rchi tumanidagi 68-sonli maktab-internati davlat muassasasining 1 ta 226 mln so‘mga yaqin;
➡️ Sirdaryo viloyati
🔘 Guliston tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 1 ta 1 mlrd so‘mdan ortiq;
➡️ Qashqadaryo viloyati
🔘 Qarshi shahar Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatining 364 mln so‘mga yaqin;
➡️ Andijon viloyati
🔘 Baliqchi tuman 2-son texnikumi 800 mln so‘m;
➡️ Farg‘ona viloyati
🔘Quva tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 2 ta 2,5 mlrd so‘mdan ortiq.
eng yaxshi takliflarni tanlash va tanlov (tender) savdolarini o‘rganish natijasida O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.
Yuqoridagilarga muvofiq, Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari maxsus komissiyalari tomonidan qonun talablari buzilishi alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ishlar qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, ayrim holatlarda moliyaviy jarima qo‘llash hamda huquqiy baho berish uchun tegishli organlarga yuborish bilan birga, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Davlat xaridlari sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash hamda raqobat uchun teng imkoniyatlarni yaratish Raqobat qo‘mitasining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Aniqlangan qonunbuzilishlarning oldi olinishi davlat mablag‘larining samarali va shaffof sarflanishini ta’minlaydi, shu bilan birga tadbirkorlar uchun ochiq va adolatli raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.








