Filippinning Manila shahrida bo‘lib o‘tayotgan Raqobat masalalari bo‘yicha xalqaro tarmoqning 25-yillik an’anaviy konferensiyasi (ICN Annual Conference 2026) doirasida Qo‘mita raisi Halilillo Turaxujayev Raqobat masalalari bo‘yicha xalqaro tarmoq (ICN) rahbari hamda Meksika Milliy antimonopol komissiyasi (CNA) prezidenti Andrea Marvan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ICN bilan hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, shuningdek raqobat idoralarining institusional salohiyatini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar, ayniqsa, xalqaro tajriba almashish hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda raqobat siyosatini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Shuningdek, Qo‘mita raisi Meksika Milliy antimonopol komissiyasi (CNA) vakilini joriy yil iyun oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyada spiker sifatida ishtirok etishga taklif qildi.
O‘z navbatida, CNA rahbari kelgusidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish va mazkur konferensiyada ishtirok etishga qiziqish bildirdi.
Tomonlar, shuningdek, ICNning kelgusi yillik konferensiyalaridan birini 2028 yoki 2029-yillarda O‘zbekistonda o‘tkazish istiqbollarini
ham muhokama qildilar.








