#Xalqaro_seminar
Raqobat qo‘mitasi Germaniyaning «German Sparkassenstiftung for International Cooperation» tashkiloti bilan hamkorlikda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan xalqaro seminar tashkil etildi
Toshkent shahrida joriy yilning 28–29-aprel kunlari bo‘lib o‘tayotgan ushbu tadbirda quyidagi dolzarb mavzular muhokama qilinmoqda:
🔘“Moliya sektorida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kodeksi sari: tushunchalar, tamoyillar va xalqaro tajriba”;
🔘“O‘zbekistonda elektron tijoratda iste’molchilar ishonchini mustahkamlash: platformalar mas’uliyatiga Yevropa yondashuvlari”.
Seminar Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan sohadagi xalqaro standartlarni joriy etish maqsadida o‘tkazilmoqda.








