QO‘MITA QARORINING QONUNIYLIGI SUD TOMONIDAN TASDIQLANDI
Raqobat qo‘mitasi Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari hamda ishni ko‘rib chiqish jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan o‘tkazilgan muhokamalardan kelib chiqib, 31 ta subyektlar tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilganligi e’tirof etilib, tegishli qaror va ko‘rsatma qabul qilingan edi. (https://t.me/RaqobatGovUz/11890)
Biroq, “NAMANGAN-ISTIQLOL BOG‘I” MCHJ tomonidan Qo‘mita Maxsus komissiyasining ushbu qaror va ko‘rsatmasidan norozi bo‘lib, ma’muriy sud tartibida murojaat qilingan. Sud tomonidan mazkur shikoyat qanoatlantirilmasdan Qo‘mitaning qaror va ko‘rsatmasi o‘z kuchida qoldirildi.








