Raqobat qo‘mitasi tomonidan ichki bozorda bug‘doy mahsulotlari narxlarini barqarorlashtirish yuzasidan o‘tkazilgan monitoringlar natijasida, qonunchilik buzilishi yuzasidan 29 ta subyekt birja savdolaridan chetlashtirildi
📈 Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bug‘doy va un mahsulotlari faqat birja savdolari orqali sotilishi belgilangan yuqori likvidli va ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, Qo‘mita tomonidan ichki bozorlarda barqarorlikni ta’minlash uchun birja savdolarida ushbu mahsulotlar realizatsiyasi holati doimiy tahlil qilib boriladi.
➡️davlat resursidagi, byudjet mablag‘lari hisobiga xarid qilingan bug‘doyni birjadan xarid qilgan hajmdan kelib chiqib unni birjada sotish belgilangan.
☑️ Ushbu talablarni ta’minlanmaganlik uchun raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikda tegishli choralar ko‘rilishi belgilangan.
📊 Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan dastlabki monitoringlarga ko‘ra, ichki bozorda ishlab chiqarilishi lozim bo‘lgan un mahsulotini birjaga qo‘ymaslik holatlari kuzatildi.
✅ Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita tomonidan 2026-yil 3-apreldan boshlab davlat resursi bug‘doyidan ishlab chiqarilgan un mahsulotlarini birja savdolariga qayta savdo chiqarmagan yeki yetarli darajada bajarmagan 29 ta korxonalar belgilangan qonunchilik talablarini buzganligi sababli tegishli tartibda birja savdolaridan chetlashtirildi.
✅ Shuningdek, joriy yil I-chorak yakunlari bo‘yicha davlat resursidan bug‘doy xarid qilingan unni birja savdolari orqali sotish tartibiga rioya etmagan 25 ta un ishlab chiqaruvchi korxonalarga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, tegishli ta’sir choralari qo‘llash yuzasidan qaror va ko‘rsatmalar qabul qilindi.
‼️ Yuqoridagilarga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasi ichki bozorda bug‘doy mahsulotlari narxlarini barqarorlashtirish uchun birja savdolarida davlat resursi bug‘doyni xarid qilgan hajmining tegishli normasi bo‘yicha un mahsulotini savdolariga chiqarish majburiy ekanligini, belgilangan tartiblar buzilgan taqdirda belgilangan tartibda qat’iy chora ko‘rilishini ma’lum qiladi.
🔎 Birjada davlat resursi bug‘doyini xarid qilgan korxonalar hamda bug‘doy mahsuloti realizatsiyasi holati bo‘yicha monitoring va nazorat tadbirlarini davom ettirilmoqda.








