#Sayyor_qabul
“Xalq davlat tashkilotlariga emas, balki davlat tashkilotlari xalq uchun” tamoyili asosida joriy yilning 26-fevral kuni Raqobat qo‘mitasi raisi H.Turaxujayev Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. Unda hududiy boshqarma rahbar xodimlari va mutasaddi tashkilotlar ishtirok etdi.
Mazkur qabul davomida jismoniy shaxslar suv ta’minoti, elektr energiyasi va gaz normalari masalalari hamda savdo sohasidagi kamchiliklar to‘g‘risidagi murojaatlari bilan ishtirok etishdi. Qabul davomida 30 ga yaqin murojaatlar tinglanib ijroga qaratildi.
Jumladan, «Obikor» MFYda yashovchi fuqarolar: J.Choriyeva, S.Aliqulova, X.Rustamova, D.Yusupova, N.Sheraliyevlar elektr energiyasi, gaz va kommunal hamda boshqa sohaga oid mavjud muammolari yuzasidan murojaatlari tegishli tartibda qabul qilinib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan ijrochilar belgilab olindi.








