Ijtimoiy tarmoqda axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan videolavhalar joylashtirilgan sahifa egasiga nisbatan tegishli ta’sir chorasi ko‘rildi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ijtimoiy tarmoqlardagi https://www.instagram.com/k_yuldashevna/ sahifasi hamda t.me/kyuldashevna Telegram kanali orqali milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanib, tayyorlangan xatti-harakatlar aks etgan videolavhalar joylashtirilganligi aniqlangan.
Ushbu holat jamoatchilik tomonidan ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotganligi kuzatildi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita tomonidan «KAMOLA YULDASHEVNA KOSMETOLOG» nomi bilan tanilgan, https://www.instagram.com/k_yuldashevna/ sahifasi hamda t.me/kyuldashevna Telegram kanali yurituvchisi “Xudoyqulova Kamola Yo‘ldosh qizi»ga nisbatan qonun buzilishi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli tartibda sud organlariga yuborildi.
Agarda ushbu holat ma’muriy javobgarlik qo‘llanganidan so‘ng ham davom ettirilgan taqdirda holatga huquqiy baho berish uchun tegishli ma’lumotlar Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
Ma’lumot uchun. O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasiga asosan reklamada milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, ibora va obrazlardan foydalanish taqiqlanadi.








