“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi global oʻzgarishlar sharoitida yanada takomillashtirildi va Prezident Farmoni bilan 2026–2030-yillarga moʻljallangan yangilangan tahriri tasdiqlandi. (https://lex.uz/docs/8050769)
⚡️ Asosiy maqsadlar:
✔️ real sharoitga mos, oʻlchash va baholash imkoni mavjud samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash;
✔️ oʻrta muddatli maqsadlarni yangi global chaqiriqlarga muvofiq yangilash;
✔️strategiya ijrosi monitoringini toʻliq raqamlashtirish;
✔️soha, tarmoq va hududlarni rivojlantirish boʻyicha strategik rejalashtirish hujjatlarining “Oʻzbekiston – 2030” bilan uygʻunlashtirish.
❗️ Strategiya ijrosi barcha masʼul vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari uchun eng ustuvor vazifa etib belgilandi.
✅ Mazkur Farmon “maqsad – harakat – natija” tamoyiliga asoslangan mutlaqo yangi strategik boshqaruv tizimini yanada mustahkamlashga qaratilgan.







