Suyultirilgan gaz mahsuloti realizatsiyasi holati to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot
Propan narxlarini barqarorlashtirishga qaratilgan choralar natijasida, birjada o‘rtacha narxlar 9,3 mln so‘mdan 7,8 mln so‘mgacha yoki 18 foizga pasaydi.
2025-yil noyabr-dekabr oylari va joriy yilning yanvar oyida propanning birja savdolarida boshlang‘ich narxlarni asossiz oshirish va hajmlarni sun’iy ravishda birja savdolariga chiqarmaslik maqsadida raqobatga zid bo‘lgan muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish alomatlari yuzasidan 92 import qiluvchi korxonalarga, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 5 ta, Andijon -7 ta, Buxoro- 3 ta, Farg‘ona – 13 ta, Namangan – 4 ta, Qashqadaryo- 5 ta, Samarqand -17 ta, Sirdaryo – 4 ta, Toshkent shahri – 21 ta, Toshkent viloyat – 1 ta va Xorazm viloyatlarida – 12 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan belgilangan tartibda monopoliyaga qarshi ish qo‘zg‘atildi.
Chakana narxlarni asossiz oshib ketmaslik bo‘yicha yoqilg‘i quyish shoxobchalarda doimiy monitoring amalga oshirilmoqda.








