Raqobat qo‘mitasiga respublikamizning ayrim dorixonalarida chet elda ishlab chiqarilgan dori vositalarining sifati kafolatlanmagan nusxalari sotilayotganligi haqida xabarlar kelib tushdi.
Qo‘mita o‘z vakolatlari doirasida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi bilan hamkorlik nazorat xaridi tadbiri o‘tkazdi. Ushbu olib borilgan tadbirlar natijasida, ayrim dorixonalardan xarid qilingan preparatlarning seriyalari Davlat reyestriga kiritilmagani yoki muvofiqlik sertifikati mavjud emasligi holatlari aniqlandi.
Jumladan, Namangan viloyati misolida – «NAVBAHOR» MCHJ (Forsiga 10 mg №28 tabl. seriya SL620, amal qilish muddati 06.2026); Andijon viloyatida – “OYATULLO 88” MCHJ (Brilinta 90 mg №56 tabl. seriya VHSH, amal muddati 08.2026); – “BARAKA FARM GRANT” MCHJ (Forsiga 10 mg №28 tabl. seriya SM997, amal muddati 10.2026); – “INOMJON XOJI FARM” MCHJ (Pulmicort 0,25 mg (seriya SEYC); Toshkent shahri misolida – “GLOBUS FARM” MCHJ (Forsiga 10 mg №28 tabl. seriya SL485, amal muddati 01.2026); – “EZOZA PHARM PLUS” (Forsiga 10 mg №28 tabl. seriya SL183, amal muddati 07.2026); – “SAIDAZIM PHARM” MCHJ (Brilinta 90 mg №56 tabl. seriya VKKG, amal muddati 02.2028); – “FOMERS” MCHJ (Brilinta 90 mg №56 tabl. seriya VKFX, amal muddati 10.2027);
Yuqorida aniqlangan holatlar bo‘yicha to‘plangan barcha hujjatlar belgilangan tartibda dorixonalar kesimida tegishli choralar ko‘rish va sifati kafolatlanmagan dori vositalari savdodan yig‘ib olinish maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentiga yuborildi.
Raqobat qo‘mitasi iste’molchilarga dori vositalarini xarid qilishda ularning sertifikatini tekshirib ko‘rib keyin xarid qilishlari maqsadga muvofiqligi haqida ogohlantiradi.
Shu bilan birga, sertifikatlar haqidagi ma’lumotlarni onlayn tarzda tekshirish imkoniyati ham mavjud. Iste’molchilar Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining maxsus elektron tizimi orqali dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnikalari uchun berilgan muvofiqlik sertifikatlari haqida ma’lumot olishlari mumkin. (https://www.uzpharm-control.uz/uz/registries/certified-medicines)