Raqobat qo‘mitasi ishchi guruhi vakillari Navoiy viloyatiga tashrif buyurib, raqobat muhiti, iste’molchilar huquqlari, asosiy tovarlar narxlari va reklama qonunchiligi bo‘yicha holatlarni o‘rgandi.
Jumladan, viloyat hokimligi mas’ullari bilan uchrashuv tashkil etilib, viloyatda sohani rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan kelishib olindi.
Xatirchi tumanidagi Zarafshon, Galabek, Mustaqillik, Chechak ota va Bog‘ishamol mahallalarida uchrashuvlar o‘tkazilib, mahalla yettiligi a’zolari bilan muloqotlar olib borilib, aholining taklif va muammolari tinglandi.
Shu bilan birga, raqobat va reklama qonunchiligi hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohalari bo‘yicha tushuntirishlar berilib, joylarda iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tizimli o‘rganishlarni tashkil etish vazifasi belgilandi.