Raqobat qo‘mitasi huzuridagi «Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi» davlat muassacasi tashabbusi bilan Navoiy viloyatida O‘zbekiston Respublikasining «Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 104 va 428-sonli qarorlari mazmun-mohiyati va ushbu qarorlarda belgilangan vazifalarning viloyatdagi ijrosi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvda reklama sohasidagi tadbirkorlar, tijorat banklari, qurilish hamda uy-joy kommunal xo‘jaligi va boshqa tegishli mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi. Tadbirda reklama qonunchiligi talablari, reklama materiallarini joylashtirish tartibi, tashqi reklama va axborot obyektlari xavfsizligi hamda bozorda shaffof raqobatni ta’minlash masalalari yuzasidan ma’lumot berildi.
Mazkur uchrashuvlar reklama sohasidagi huquqiy savodxonlikni oshirish, davlat organlari va biznes o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda bozorda qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.