Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan reklama sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun “Reklama bozorining faoliyati” mavzusida ikki kunlik amaliy o‘quv seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir davomida reklama sohasida qo‘llaniladigan etika va huquqiy me’yorlar, tashqi reklama obyektlarini o‘rnatish va pasportlashtirish tartibi, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish bo‘yicha zamonaviy trendlar va usullar, “Tashqi reklama” raqamli monitoring tizimini joriy etishning maqsad va prinsiplari, shuningdek, reklamada huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari keng yoritildi.
Trening ishtirokchilari reklama faoliyatini yuritishda litsenziya va ruxsat tartib-taomillari, huquqiy normalar hamda amaliy nazorat mexanizmlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Mazkur kurs reklamachilar, OAV vakillari va sohaga qiziquvchi mutaxassislarning huquqiy bilim va malakasini oshirishga, shuningdek, reklama bozorida halol raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
Kurs yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi