Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i asosida video (shu jumladan, televideniye va kino) va audio kontentni onlayn uzatish yoki almashish platformalari bozorida “Allmedia Safe Service” MChJ ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e’tirof etildi.
Shuningdek, Qo‘mita tomonidan ustun mavqega ega raqamli platforma operatori faoliyatida raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, ustun mavqeini suiiste’mol qilish holatlarini oldini olish maqsadida majburiy tartibda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi va tegishli tartibda monitoring o‘tkazib borilishi ma’lum qilinadi.