Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” davlat muassasasi tashabbusi bilan, Toshkent shahar hokimligi hamkorligida yo‘nalishlar bo‘yicha tashqi reklama va axborot obyektlarini o‘rnatgan tadbirkorlik subyektlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) xavfsizlik talablariga muvofiqligini ta’minlash va ular ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish zarurligini ta’kidlandi. Shu bilan birga, sohada tizimli ishlar olib borilayotgani qayd etildi.
Uchrashuv doirasida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tashqi reklama obyektlari xavfsizligining umumiy texnik reglamenti” talablari keng tushuntirildi.
Tadbir davomida tadbirkorlik subyektlari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi, sohadagi mavjud muammo va takliflar atroflicha muhokama etildi.