Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari o‘rtasida “Ilm-fan va amaliyot integratsiyasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir qatnashchilari raqobat muhitini baholash, bozorlarga kirishdagi to‘siqlarni bartaraf etish, davlat xaridlari va tabiiy monopoliyalarni isloh qilish, mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishda raqobat muhitini takomillashtirish imkoniyatlarini aniqlash kabi yo‘nalishlarda ilmiy va amaliy masalalarni muhokama qildilar.
Shuningdek, tomonlar raqobatbardoshlik indeksi, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini prognoz qilishda ekonometrik usullardan keng foydalanish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda grant loyihalarini amalga oshirish hamda raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning barcha yo‘nalishlarida ilmiy faoliyatni kengaytirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar.